Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real»ning 7-raqami boshqa hujumchiga o‘tdi
«Real» hujumchi Mariano Diasni klub a'zosi sifatida jamoatchilikka tanishtirdi. Futbolchi 7-raqam ostida to‘p suradigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, «qirollik klubi» tarixida ushbu raqam Raymon Kopa, Amansario Amaro, Xaunito, Emilio Butrageno, Raul va Krishtianu Ronaldu kabi futbolchilarga tegishli bo‘lgan.

Kataloniyada tavallud topgan dominikanlik Mariano «qirollik klubi» tarbiyalanuvchisi sanaladi. U klub tizimida 5 yil faoliyat yuritgach, 2016/17 yillar mavsumida asosiy jamoaga jalb etilgan (14 o‘yin va 5 ta gol), mavsum yakunida «Lion»ga sotib yuborilgan. Transfer summasi 8 million yevroni tashkil etgani aytilgandi.

25 yoshli Dias o‘tgan yil davomida 1-divizion vakili safida 45 o‘yin o‘tkazib, 21 ta gol muallifi bo‘ldi. U bilan 5 yillik shartnoma imzolangan.
Mavzuga oid

11:37 / 29.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?

16:55 / 23.05.2025
«Real» Karlo Anchelotti ketishini e’lon qildi

19:12 / 18.05.2025
«Cho‘ksang kattaroq dengizda cho‘k». Gulerning onasi, Madriddagi sarguzashtlari va zilziladan omon qolgan muxlisi haqidagi hikoyasi

12:45 / 27.04.2025