Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putinga koronavirusning «ayyor» xususiyati haqida ma'lum qilishdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinga koronavirusning “ayyor” xususiyatlari haqida ma'lum qilindi.

Vladimir Putin. Foto: kremlin.ru
Rossiya epidemiologiya va mikrobiologiya tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginsburg Putin bilan epidemiya bo‘yicha o‘tkazilgan kengashda koronavirusni ba'zi xususiyatlari sababli “ayyor” deb atadi.
Ginsburgning ta'kidlashicha, markaz mutaxassislari koronavirusni boshdan o‘tkazgan odamlardan olingan 200 ga yaqin qon zardobini tahlil qilishgan. Tajribalar bu zardoblarning faqat 30 foizidagina virusni bartaraf etuvchi antitanalar borligini ko‘rsatgan. Bu esa koronavirusdan barcha sog‘ayganlardan ham uni bartaraf etish uchun qon zardobi olib bo‘lmasligini anglatadi.
“Virus juda ayyor. Bejizga u bunday katta o‘lchamlarga ega emas – u bugungi kunda ma'lum bo‘lgan RNK-saqlovchi viruslardan eng kattasidir”, deb aytgan mutaxassis.
Olimning xulosasiga ko‘ra, koronavirus genomining bir qismi inson immun tizimini doimiy chalg‘itib turish xususiyatiga ega. Natijada "aldangan" immun tizimi koronavirusga qarshi ishlab chiqqan antitanachalar virusni o‘ldira olmaydi.
Mavzuga oid

21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi

17:18 / 05.07.2025
Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi tarqaldi

17:25 / 01.07.2025
JSST Covid-19 qanday paydo bo‘lgani haqida yakdil xulosaga kelmadi

00:30 / 09.06.2025