Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Donbassda harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi
Vladimir Putin rossiyaliklarga favqulodda murojaat bilan chiqish qilmoqda. Bu haqda RBK xabar berdi.

Foto: Regnum
Qayd etilishicha, Vladimir Putin Ukrainani demilitarizatsiya qilish bo‘yicha maxsus operatsiya o‘tkazilishini e’lon qildi
«Men maxsus harbiy operatsiya o‘tkazishga qaror qildim», dedi u.
Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya SSSR parchalanganidan keyin yangi tashkil topgan barcha davlatlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lmoqda.
“Biz SSSR parchalanganidan keyin yangi tashkil topgan barcha davlatlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lmoqdamiz. Qozog‘istonga ko‘rsatayotgan yordamimiz bunga misoldir.
Rossiya Ukraina hududidan kelayotgan doimiy tahdid bilan yashay olmaydi. Siz va men xalqimizni himoya qilish uchun birorta ham imkoniyatga ega emasmiz, bugungi kunda foydalanayotganimizdan tashqari.
Donbass xalq respublikalari yordam so‘rab Rossiyaga murojaat qilishdi. Bizning rejalarimiz Ukrainani bosib olishni o‘z ichiga olmaydi”, dedi Putin.
Shu bilan birga, u Ukrainadagi vaziyatga tashqaridan aralashuv bo‘lsa, Rossiya darhol javob qaytarishini ma’lum qildi.
Avvalroq, o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari rahbarlari Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Ukraina tomonidan “tajovuz”ni qaytarishda yordam berishni so‘rab murojaat qilgandi.
Kreml matbuot xizmati taqdim etgan murojaatlar surati e’lon qilindi. Hujjatlarda 22 fevral sanasi ko‘rsatilgan. Ularda aytilishicha, “Ukrainadan harbiy tajovuz kuchaymoqda” va “Kiyev og‘riqli aloqa chizig‘ida o‘z harbiy ishtirokini oshirishda davom etmoqda”, go‘yoki DXR va LXR infratuzilmasini vayron qilmoqda hamda tinch aholini o‘ldirmoqda.
Respublikalar rahbarlari Rossiya bilan do‘stlik va o‘zaro yordam shartnomalarini tilga olib, Putindan yordam so‘ragan.
Mavzuga oid

09:45
Putin sud qarorisiz rossiyaliklarning hisobraqamini bloklashga ruxsat berdi

07:31
Putin ekstremistik materiallarni qidirganlik uchun jarima joriy qildi

22:07 / 01.08.2025
Frontdagi vaziyat: Pokrovsk shturm qilinmoqda, Rossiya butun Donbassni egallamoqchi

20:34 / 01.08.2025