Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nuriddin Xoliqnazarov prezidentning Saudiyaga tashrifi oldidan tilak bildirdi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoniga davlat tashrifini “tarixiy va umidli” deya ta’riflab, tashrif davomidagi uchrashuvlar va prezidentning Umra ziyorati yurt uchun manfaatli bo‘lishini so‘rab duo qildi.

O‘zMI e’lon qilgan videodan kadr
Davlat rahbari 17-18 avgust kunlari Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga boradi.
“Albatta, bu juda ham tarixiy tashrif. Sababi 30 yil ichida birinchi marta prezidentimizning Saudiya Arabistoniga [davlat] tashrifi amalga oshmoqda”, – dedi muftiy.
“Tashrif davomida davlatimiz rahbari Saudiya Arabistoni podshosi, u yerdagi mutasaddilar, juda ko‘p tashkilotlar, Islom taraqqiyot banki va boshqa tashkilot rahbarlari bilan uchrashuvlar qiladi. Inshaalloh, mana shu uchrashuvlar orqasidan yurtimizga juda katta iqtisodiy rivojlanishga sabab bo‘ladigan hujjatlar imzolanadi.
Tashrifning bizni quvontirayotgan yana bir jihati – muhtaram prezidentimiz Makkayi Mukarrama va Madinayi Munavvarada ham ziyoratda bo‘lishliklari rejaga kiritilgan. Tabiiyki, bu har bir musulmon, mo‘minning qalbiga xursandchilik keltiradi: yurtning otasi – yurtning rahbari xalqining haqqiga qiladigan har bir duosi mustajob bo‘ladi”, – dedi Nuriddin Xoliqnazarov.
O‘zMI raisi tashrif davomida Shavkat Mirziyoyevga hamrohlik qilishini ta’kidladi.
“Alloh taolo bu tashrifni yurtimiz uchun, kelajagimiz uchun, avlodimiz uchun manfaatli qilsin. Tashrif davomida qilinadigan ziyoratlarni Alloh qabul qilsin. Umra ibodatlarini, duolarini mustajob qilsin. Yurtimizga fayz va barokat bersin”, – deya tilak bildirdi muftiy Nuriddin Xoliqnazarov.
Mavzuga oid

13:47 / 20.07.2025
Saudiyada 20 yil komada yotgan shahzoda vafot etdi

20:51 / 19.07.2025
Saudiya Arabistoni xorijliklarga ko‘chmas mulk sotib olish shartlarini yengillashtiradi

15:19 / 15.07.2025
Saudiya Arabistoni 170 km uzunlikdagi osmono‘par shahar loyihasini qayta ko‘rib chiqmoqda

08:34 / 04.07.2025