Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekiston temiryo‘llari»ga yangi rahbar tayinlandi

Foto: O‘zbekiston temiryo‘llari
Vazirlar Mahkamasi tegishli qaroriga muvofiq Zufar Narzullayev «O‘zbekiston temiryo‘llari» boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Zufar Narzullayev 1996 yildan O‘zbekiston temiryo‘l sohasidagi tarkibiy bo‘linmalarida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 2009 – 2016 yillarda temiryo‘l tizimida kapital qurilish direksiyasiga rahbarlik qilgan va elektrlashtirilgan «Angren – Pop» temiryo‘li qurilishida faollik ko‘rsatgan.
U 2016 – 2017 yillarda Jizzax viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. 2017 yildan buyon «O‘zshaharqurilishinvest» injiniring kompaniyasi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Hikmatilla Rahmetov «O‘zbekiston temiryo‘llari» boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
- Joriy yilning 11 iyul kuni prezident raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda «O‘zbekiston temiryo‘llari» raisi Husniddin Hosilov «investitsiyalarni jalb qilish va ularni o‘zlashtirishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani» tufayli lavozimini tark etdi.
- Husniddin Hosilov 2016 yildan buyon temiryo‘l sohasiga rahbarlik qilib kelayotgandi.
Mavzuga oid

15:18
Temiryo‘l infratuzilmasi xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar belgilandi

12:18 / 04.07.2025
Zargarlik buyumlarini noqonuniy tarzda olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

10:52 / 16.06.2025
200 metr nariga ko‘chirilsa, tirbandlik yo‘qoladi - prezident Qumqo‘rg‘ondagi «shlagbaum» muammosi Narzullayevga qarab qolgani haqida

09:53 / 15.06.2025