Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Volodimir Zelenskiy Shvetsiyaga bordi

Foto: AFP
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy rasmiy tashrif bilan Shvetsiyaga bordi. Unga rafiqasi Olena Zelenskaya hamrohlik qilmoqda.
Tashrif davomida Shvetsiya bosh vaziri Ulf Kristersson, qirol Karl IV, qirolicha Silviya, parlament spikeri Andreas Norlen hamda parlament partiyalari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
«Ukraina va Shvetsiya o‘rtasida keng qamrovli muzokaralar o‘tkaziladi. Shvetsiyaga ozodlik va mustaqilligimiz uchun kurashda ko‘rsatayotgan katta yordami uchun shaxsan minnatdorlik bildirmoqchiman. Birgalikdagi harakatlarimiz yordamida birlamchi vazifamiz ukrain harbiylarining yerdagi va havodagi mahoratini oshirishdir.
Biz Shvetsiyaning NATOga kirishini qat’iy qo‘llab-quvvatlaymiz. Umid qilaman, birgalikda mintaqadagi xavfsizlikka o‘z hissamizni qo‘sha olamiz», deb yozdi Zelenskiy tashrifdan oldin.
Kun davomida Zelenskiy Shvetsiya bosh vaziri Ulf Kristersson bilan muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar asosan harbiy hamkorlikni, xususan, CV-90 harbiy mashinalarini Ukrainada ishlab chiqarishni muhokama qilgan.
«Yigitlarimiz bu mashinalardan jang maydonida faol foydalanishmoqda. CV-90 mashinalarini Ukrainada ishlab chiqarish masalasini ham muhokama qildik», degan Zelenskiy.
Mavzuga oid

10:21 / 15.07.2025
Zelenskiy Shmixalni Ukraina mudofaa vaziri lavozimiga taklif qildi

21:38 / 14.07.2025
Zelenskiy va Kellog Ukraina uchun qurol xarid qilish masalasini muhokama qildi

21:32 / 14.07.2025
Zelenskiy iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenkoga Ukraina bosh vaziri lavozimini taklif qildi

09:34 / 12.07.2025