Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistonda xudkush-terrorchi hujumi oqibatida 16 harbiy halok bo‘ldi
Terrorchi portlovchi moddalarga to‘la avtomobilni harbiylar karvoniga yo‘naltirgan.

Foto: AFP
Pokiston va Afg‘oniston chegarasi yaqinidagi Shimoliy Vaziristonda portlovchi moddalar bilan o‘ralgan avtomashina harbiylar karvoniga borib urildi, deb xabar berdi France Press agentligi mahalliy hukumat vakiliga tayanib.
Agentlik manbasiga ko‘ra, 16 askar halok bo‘lgan, 20 nafarga yaqin kishi, jumladan tinch aholi ham yaralangan.
«Portlash oqibatida ikki uyning tomi vayron bo‘ldi, olti nafar bola jarohat oldi», dedi Pokiston politsiyasi rasmiysi.
The Times of India nashrining yozishicha, portlash uchun javobgarlikni pokistonning «Tolibon» harakati bir qismi bo‘lgan dala qo‘mondoni Hofiz Gul Bahodur guruhi o‘z zimmasiga olgan.
Pokiston rasmiylari Afg‘onistonda bir necha yil avval hokimiyatni qo‘lga olgan «Tolibon»ni chegara hududlarida harbiylar va huquq-tartibot idoralari xodimlariga qarshi hujumlarda yordam berishda ayblab keladi. «Tolibon» ayblovlarni rad etadi.
2025 yil boshidan buyon Pokistonning Afg‘oniston bilan chegaradosh hududlarida hukumatga qarshi kurash e’lon qilgan guruhlarning hujumlari oqibatida 290 nafarga yaqin odam, asosan xavfsizlik kuchlari vakillari halok bo‘lgan.
Mavzuga oid

09:47
O‘zbekiston va Pokiston fuqarolarga viza rasmiylashtirish jarayonini soddalashtiradi

18:28 / 26.07.2025
Eronda baluj terrorchilari sud binosiga hujum qildi

13:58 / 23.07.2025
O‘zbekiston va Pokiston mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qiladi

14:16 / 21.07.2025