Hindistonda mamlakatning eng mashhur yirtqichi ommaviy ravishda qidirilmoqda

Hindistonda mamlakatda mashhur bo‘lgan Jay nomli yo‘lbarsni qidirish ishlari ommaviy tarzda olib borilmoqda. Bu haqda Sky News xabar bergan.
Yirtqichni uch oydan beri ko‘rishmagan.
Jay ushbu nomni 1975 yili katta ekranlarga chiqqan va bosh rolni Amitabx Bachchan ijro etgan “Qasos va qonun” filmidagi bosh qahramondan olgan. Yo‘lbars uch yil oldin qishloqlarga, daryolarga hamda avtomagistrallarga juft qidirib qilgan sayohatlari orqali mashhur bo‘lgan edi.
Yetti yashar yirtqichni so‘nggi bor 2016 yilning 18 aprel kuni Gagpur okrugida ko‘rishgan. Bundan tashqari, Jayga qo‘yilgan elektr bo‘yinbog‘ ishlamay qolgan. Maxarashtra shtati mutaxassislari yo‘lbarsga nima bo‘lganini bilishmayapti.
Yo‘lbarsni topganlarga 50 ming rupiy (750 dollar) miqdorida mukofot puli va'da qilingan.
Mavzuga oid

01:55 / 01.05.2025
Hindiston Pokiston samolyotlari uchun havo makonini yopdi

20:47 / 30.04.2025
Urushlarning o‘zgargan motivi: tashqi tahdid emas, ichki siyosiy maqsadlar

18:16 / 30.04.2025
Hindistondagi mehmonxonada yong‘in yuz berdi. Qurbonlar bor

16:55 / 30.04.2025