Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-Yorkda imomni o‘ldirishda gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi

Nyu-York politsiyasi shahar masjidlaridan birining imomini o‘ldirishda gumon qilinayotgan shaxsni qo‘lga oldi, deb yozmoqda New York Post.
Imom Mavlono Akonji va uning yordamchisi Thara Uddin 13-avgust kuni kunduzi, peshin namozini ado etishgandan so‘ng, uylariga qaytayotganda Ozon-parkda otib ketilgan edi. Politsiyaning ma'lum qilishicha, ularga orqadan turib boshiga o‘q uzilgan. Jinoyat sodir etishdan avval, qotil va marhumlar o‘rtasida muloqot bo‘lmagan.
Xabarlarga ko‘ra, politsiya xodimlari g‘arazgo‘yni, uning eski Chevrolet Trailblazer mashinasini kuzatish vositasida aniqlashgan. Politsiyaning taxmin qilishicha, qotil 4 yil avval Bangladeshdan Nyu-Yorkka ko‘chib kelgan imom bilan tanish bo‘lgani ehtimol.
Hozircha, 35 yoshli gumondorga ayblov e'lon qilinmagan.
Mavzuga oid

21:33 / 28.05.2025
Tirbandlik solig‘i Nyu-York shahriga 4 oyda 216 million dollar keltirdi

15:42 / 05.04.2025
“Derazani ochishim bilan tahoratxona portlab ketdi”: Izboskandagi masjiddan reportaj

18:08 / 04.04.2025
«Profilaktik tadbirlarni to‘g‘ri tushunishingizni so‘raymiz» – Musulmonlar idorasi masjidlardagi texnik nazorat ishlari haqida

21:10 / 02.04.2025