Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vatan fidoyi farzandlarini hech qachon unutmaydi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan Namangan viloyatida «Go‘zal va betakrorimsan muqaddas vatanim, jonim senga fido,O‘zbekistonim» shiori ostida Namangan viloyatida bir qator ijobiy tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti Namangan viloyat kengashi tomonidan tashkil etilayotgan tadbirlar alohida e'tiborga molik. Kengashning tashabbusi va bevosita rahbarligida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini himoya qilish yo‘lida jonini fido etgan harbiy xizmatchi va ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari ishtirokida Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 17-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida «Vatan fidoyi farzandlarni unutmaydi» shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida ana shunday oilalar farzandlaridan 19 nafari ishtirok etdi. Bolalar uchun madaniy dasturlar, sahna ko‘rinishlari, «Vatanparvar» tashkiloti sportchilarining ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi. Yosh o‘g‘il-qizlarning quvonchi ularning yuz ko‘zlaridan ham aks etib turibdi. Bolalarga «Vatanparvar» tashkiloti Namangan viloyat Kengashining esdalik sovg‘alari topshirildi hamda ular bayram dasturxoniga taklif etildi.
Sodiqov Hamidullo
O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi
«Vatanparvar» tashkiloti Namangan viloyati
kengashi raisi o‘rinbosari,
Xumoyunmirzo Abdullayev
Mavzuga oid

16:19 / 23.07.2025
Namanganda sigir yosh bolani suzib, o‘ldirib qo‘yishiga sal qoldi

13:40 / 16.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina

11:57 / 15.07.2025
“Mehnatlarim havoga uchyapti” - To‘raqo‘rg‘onda bog‘ yaratgan tadbirkorning yeri olib qo‘yilyapti

14:34 / 14.07.2025