Turkiya qo‘shinlari Suriyaga kirdi

Turkiya armiyasi aviatsiya ko‘magida Suriyaning Jarablus shahrini IShID jangarilaridan ozod etish maqsadida harbiy yurish boshladi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar tarqatgan.
Agentlik xabariga ko‘ra, harbiy amaliyot Suriyaning Turkiya bilan chegaralaridagi hududlarni jangarilardan tozalashga qaratilgan. Harbiy amaliyotda og‘ir artilleriyadan ham foydalaniladi.
Bundan oldinroq, Turkiya TIV rahbari Mavlud Chovusho‘g‘li Turkiya tomoni Jarablus shahrini IShIDdan ozod etish uchun istalgan ko‘makni berishga tayyorligi haqida aytgandi.
Turkiya armiyasi Jarablus yaqinidagi Manbij shahriga ham hujum qilgan.
Mavzuga oid

15:56 / 15.04.2025
Istanbulda o‘zbekistonlik ayol erini o‘ldirishda gumonlanmoqda

10:49 / 14.04.2025
O‘zbekistonliklar Turkiyadagi yolg‘on ish takliflari haqida ogohlantirildi

18:12 / 12.04.2025
Istanbulning sobiq meri ustidan sud jarayoni yozga qoldirildi

18:19 / 09.04.2025