Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
8 sentabrda yurtimizda qanday ob-havo kutilmoqda

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 8 sentabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 16-18, kunduzi 32-34 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba'zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 16-21, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba'zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 16-21, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba'zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 17-22, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba'zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 16-21, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba'zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 16-21 daraja issiq bo‘ladi.
Mavzuga oid

14:54 / 30.07.2025
Prezident mas’ullar va hokimlarni ob-havoni bahona qilmasdan, sharoitga moslashib ishlashga chaqirdi

20:40 / 28.07.2025
O‘zbekistonda avgust oyida qanday ob-havo bo‘lishi kutilmoqda?

16:43 / 26.07.2025
O‘rmon yong‘inlari havo isiyotgani bilan bog‘liqmi? Ularning oldini olish choralari mavjudmi?

20:03 / 24.07.2025