Turkiya sharqida kuchli portlash ro‘y berdi

Turkiya sharqida joylashgan Van shahri hududida kuchli portlash ro‘y berishi oqibatida kamida 11 kishi jarohatlangan. Bu haqda SNN Turk xabar qildi.
Portlovchi moddalar o‘rnatilgan avtomobil viloyat hokimiyati binosi yaqinida portlatilgan. Portlash ro‘y bergan hududdagi binolarning derazalari to‘kilib tushgan. Hududdagi "Adolat va taraqqiyot" partiyasi binosi ham portlashdan zarar ko‘rgan.

Hozircha portlash uchun javobgarlikni hech qaysi tashkilot zimmasiga olmadi. Lekin bu hudud Kurdiston ishchilar partiyasi faol harakat qiladigan hudud hisoblanadi.
Mavzuga oid

11:09 / 28.04.2025
“Farzandlarimiz turk erkaklari quchog‘ida qolmoqda” – Turkiyadagi o‘zbek xotin-qizlari taqdiri haqida suhbat

15:26 / 25.04.2025
Balashixada portlash oqibatida bosh shtab generali halok bo‘ldi

13:48 / 23.04.2025
Vladimir oblastidagi harbiy bazada portlash. Asosiy ma’lumotlar

15:56 / 15.04.2025