Dubayda birinchi robot-politsiyachi ish boshlaydi

Foto: arabianbusiness.com
Dubay politsiyasi 2017 yilda birinchi robot-politsiyachi o‘z ishini boshlashi haqida e'lon qildi. Bu haqida amirlik shahrining Dubai Media Office matbuot markazi xabar berdi.
Hozircha bu borada batafsil ma'lumot berilmadi.
Bundan avval Dubay politsiyasi 4 yil ichida robot xodimlarini ishga tushirishi to‘g‘risida aytilgandi. O‘shanda huquqni muhofaza qilish organlari vakillari robotlarning "muayyan vaziyatlarda" oddiy politsiyachi kabi xizmat ko‘rsata olishi mumkinligini ta'kidlashgandi.
O‘tgan yili Dubay politsiyasi boshqa xay-tek texnologiyasi - Google Glass'ni ishga tushirgandi. Uning yordamida patrul politsiyachilar ro‘yxatdan o‘tkazilgan raqamlar bo‘yicha yo‘llardagi qoidabuzarlarni osonlikcha aniqlashlari mumkin.
Mavzuga oid

00:19
Dubay turistlar uchun yangi talablarni e’lon qildi

14:36 / 25.04.2025
O‘zbekistonliklar BAAda jinoyat sodir etishi ko‘paygani sababli vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin

19:39 / 18.04.2025
Tailandda birinchi robot-politsiyachi taqdim etildi

11:03 / 26.03.2025