Dushanbe: Rossiya aviarahbariyati bilan kelishmovchilikni hal etish mumkin

Foto: Sputnik
Tojikiston hukumati Rossiya bilan Podmoskovedagi “Jukovskiy” aeroportidan aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishga doir kelishmovchilikni hal etish mumkin, deb hisoblamoqda. Bu haqda, Tojikiston transport vazirligi fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi vakili Anvar Nurov «Interfaks» agentligiga ma'lum qilgan.
«Rossiya tomoni bu masalani muhokama qilish maqsadida maktub yuborgan. Biz ularni 24 noyabr kuniga taklif qilganmiz», — degan mulozim.
3 noyabr kuni «Kommersant'» gazetasi Rossiya 8 noyabrdan bir tomonlama tartibda Tojikiston bilan aviaparvozlarni to‘xtatishi mumkinligi haqida xabar qilgan edi.
Mavzuga oid

08:59
Rossiyada IIV migrant bolalarning ta’lim ma’lumotlariga ega bo‘ladi

19:49 / 25.04.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi

13:33 / 25.04.2025
Ukraina tinchlik rejasi bo‘yicha 5 ta talabini AQShga ma’lum qildi

09:59 / 25.04.2025