Xitoylik harbiylar Hindiston shimolidagi kanal qurilishini kuch bilan to‘xtatishdi

Foto: © EPA
Xitoylik zobitlar Hindistonning shimolidagi Ladakx hududida sug‘orish kanali qurilishini to‘xtatib qo‘ygach, hind va xitoy harbiylari qarama-qarshi pozitsiyaga turib olishdi. Bu haqida NDTV telekanali xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, voqea Demchok sektorida ro‘y bergan - hind ishchilari Xitoy va Hindistonni ajratib turuvchi nazorat chizig‘i yaqinidagi qishloqlardan biridan mahalliy termal manbani bog‘lashi kerak bo‘lgan kanalning qurilish ishlarini boshlashgan. Taxminan 55 nafar xitoy harbiylaridan iborat otryad nazorat chizig‘iga chiqib, qo‘pol shaklda qurilishni to‘xtatishni talab qilgan. Bunga javoban hind chegarachilari bo‘limi xitoy harbiylariga qarshi pozitsiyani egallagan.
Mazkur bahsli hududdagi har qanday qurilish ikki tomondan muvofiqlashtirilishi zarurligi tufayli xitoy harbiylari kanal ustidagi ishlarni to‘xtatishni talab qilishgan. Hindiston gap mudofaa inshootlari haqida ketsagina qurilish haqida ogohlantirish kerakligini aytib, bu talabni rad qilmoqda.
Mavzuga oid

20:05 / 05.05.2025
Xitoyda kuchli shamol sayyohlik kemalarini ag‘darib yubordi. 10 kishi halok bo‘ldi

16:13 / 05.05.2025
Savdo urushidan ham jiddiyroq: Xitoy katta sinov qarshisida

12:35 / 05.05.2025
Parkinson kasalligini erta tashxislash usuli ishlab chiqildi

11:29 / 05.05.2025