«Barselona» Messi bilan shartnomani uzaytira olmasligi mumkin

Foto: As
«Barselona» prezidenti Jozep Bartomeu jamoa hujumchisi Lionel Messi bilan yangi shartnoma imzolash borasida yuzaga kelgan qiyinchiliklar haqida gapirib o‘tdi.
Messi bilan shartnoma 2018 yilgacha tuzilgan va agar bu shartnoma uzaytirilmasa, futbolchi erkin agentga aylanishi mumkin.
Ayni vaqtda Messi «Barselona»da yiliga 48 million yevro miqdorida maosh olmoqda (Soliqlar qiymati chiqarib tashlangach 24 million yevro).
UYeFA tomonidan qo‘yilgan moliyaviy feyr-pley talabiga ko‘ra, klub tomonidan futbolchilarga to‘lanadigan mablag‘ ishlab topilgan daromadning 65 foizidan oshib ketmasligi lozim hisoblanadi.
«Biz har qanaqasiga ham yangi shartnoma imzolay olmaymiz. Chunki 65 foizlik ko‘rsatkichdan biroz oshib ketganmiz. Bizda cheklanmagan resurslar yo‘q va bu bizni xavotirga solmoqda.
Qachonki, to‘lanadigan maosh qiymati juda yuqori bo‘lganda, bu klubning moliyaviy holatiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi», degan Bartomeu As nashriga.
Mavzuga oid

16:39 / 27.04.2025
«Real»dan nihoyat munosib qarshilik. Anchelotti o‘yinni qanday o‘zgartirdi?

12:45 / 27.04.2025
Mojaroli klasiko. «Real» bu safar jang taklif qildi, ammo ozroq yetmadi

19:27 / 26.04.2025
Klasiko intrigalari. «Barsa»da ham bo‘sh nuqtalar bor, «Real» esa hakamlarga jiddiy bosim uyushtirdi

07:53 / 23.04.2025