Aleksey Ulyukayev o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan nomzod ma'lum qilindi

Rossiya iqtisodiy taraqqiyot vaziri Aleksey Ulyukayev hibsga olinib, lavozimidan chetlashtirilsa, uning o‘rniga Strategik tashabbuslar agentligi direktori Andrey Nikitin tayinlanishi mumkin. Bu haqda, «Gazeta.Ru»ning Kreml ma'muriyatiga yaqin manbasi ma'lum qilgan.
U shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy taraqqiyot vazirini kuzatish bo‘yicha maxsus amaliyot o‘tkazish hamda Ulyukayevni ushlashga ruxsat berganini taxmin qilgan.
Avvalroq, hukumat Aleksey Ulyukayevning iste'fosini kutayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya tergov qo‘mitasi mamlakat iqtisodiy taraqqiyot vaziri Aleksey Ulyukayevni pora olayotgan vaqtda qo‘lga olib, unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. U «Rosneft» vakillariga nisbatan tahdid qilganlikda va ta'magirlikda ayblanmoqda.
Mavzuga oid

13:54 / 26.04.2025
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

08:59 / 26.04.2025
Rossiyada IIV migrant bolalarning ta’lim ma’lumotlariga ega bo‘ladi

19:49 / 25.04.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi

13:33 / 25.04.2025