Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WhatsApp'da videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasi paydo bo‘ldi

WhatsApp messenjeri iOS, Android va Windows platformalarida videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasini joriy qilmoqda. Reuters agentligining xabar berishicha, ishlab chiqaruvchilar videoqo‘ng‘iroqlar uchun shifrlash texnologiyasini qo‘llashdi. Xabarda shunday deyiladi:
"Yaqin kunlarda WhatsApp'ning bir milliarddan ortiq foydalanuvchilari Android, iPhone va Windows Phone qurilmalar orqali videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi. Biz ushbu yangi funksiyani qo‘shyapmiz, chunki matn va ovozli yozuvning o‘zi yetarli bo‘lmayotganini yaxshi bilamiz. Sevimli nabirasining ilk qadamlari, xorijda ta'lim olayotgan farzandining kechinmalari - bunday muhim voqealarni kuzatish imkonini hech narsa bosa olmaydi. Biz bu funksiyalarni nafaqat qimmatbaho telefonlarni sotib olishga qurbi yetadiganlar yoki uyali aloqa ko‘proq rivojlangan mamlakatlar uchun, balki hamma uchun birdek joriy qilmoqchimiz".
Yangi funksiyadan foydalanish uchun chat oynasining o‘ng tomon yuqori qismidagi kamera tasviri tushirilgan belgini bosish kerak. Muloqot paytida suhbatdoshlar old va orqa kameralarni faollashtirishlari mumkin bo‘ladi.
WhatsApp yaratuvchilari yana boshqa yangiliklarni ham tayyorlashmoqda: xususan, yangi beta-versiyada ikki omilli autentifikatsiya paydo bo‘ldi.

Mavzuga oid

20:18 / 18.07.2025
Rossiyada WhatsApp’ni bloklashga tayyorlanishmoqda

14:34 / 24.06.2025
AQSh Kongressida WhatsApp ilovasidan foydalanish taqiqlandi

17:53 / 07.05.2025
AQSh sudi Pegasus josuslik dasturini yaratgan Isroil kompaniyasini 170 mln dollar jarimaga tortdi

21:44 / 04.03.2025