Britaniyalik Marrey tennischilarning yakuniy musobaqasi finaliga chiqdi

Foto: Reuters
Britaniyalik Endi Marrey kanadalik Milosh Raonichni Londonda o‘tayotgan professional-tennischilar uyushmasining yakuniy musobaqasi finalida yutib, ushbu musobaqaning birinchi finalchisi bo‘ldi.
19 noyabrda o‘tgan uchrashuv ayni vaqtda birinchi raqamli tennischi Marreyning irodali g‘alabasi bilan yakunlandi (5:7, 7:6 (7:5), 7:6 (11:9)). Uchrashuv 3 soat 38 daqiqa davom etdi.
29 yoshli Marrey o‘z faoliyatida birinchi marta uyushmaning yakuniy musobaqasi finaliga chiqdi. Marrey hal qiluvchi uchrashuvda serb Novak Jokovich (2) va yaponiyalik Key Nisikori (5) juftligi g‘olibi bilan uchrashadi. Ushbu uchrashuv keyinroq bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid

15:21 / 13.06.2025
Londonda "O‘zbekiston huquq kuni" biznes-forumi tashkil etiladi

00:11 / 13.05.2025
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi

10:17 / 10.05.2025
London va Skandinaviya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

20:05 / 04.05.2025