Eng muammoli smartfonlar nomi ma'lum qilindi

Foto: mobilytoday
Blannco Technology Group tahlil guruhi smartfon va planshetlarning xizmat ko‘rsatishiga doir tadqiqotlar natijasi bo‘yicha hisobot berdi.
Mutaxassislarning ma'lum qilishlaricha, Android-gadjyetlarga nisbatan, iPhone qurilmalarda muammolar ko‘p bo‘lar ekan. Quyida aksilreyting yetakchilari bilan tanishing:
Mutaxassislar dasturiy ta'minotdagi uzilishlar, masalan, kutilmaganda qotib qolishi yoki ilovalarning besabab yopilishi, shuningdek qurilmadagi nosozliklar - signalning yo‘qolishi, kuchli qizib ketishi va boshqalarni hisobga olishdi. 2016 yilning III chorak yakunlariga ko‘ra, ular iOS- va Android-gadjyetlarda yuzaga keladigan muammolarni taqqoslashdi.
Apple mahsulotlarining 62 foizida uzilishlar aniqlangan, Android-gadjyetlarda esa bu ko‘rsatkich 47 foizni tashkil qilgan. iOS-qurilmalar orasida eng ko‘p muammolar iPhone 6'da kuzatilgan, aksilreytingning ikkinchi va uchinchi o‘rinlarini iPhone 5S hamda iPhone 6S smartfonlari bo‘lishib olishdi. iPhone 7 va 7 Plus kechroq ishlab chiqarilgani tufayli reytingga kiritilmadi. iPhone 4S esa eng barqaror qurilmalardan biri bo‘lib chiqdi - bu model bilan bog‘liq muammolar atigi 2 foizni tashkil qilgan.
Gadjyetlar orasida eng muammoli qurilma sifatida LeEco Le2 tan olindi.
Ikkinchi o‘rinda - Xiaomi'ning ikki smartfoni - Redmi 3S va Redmi Note 3 . Samsung Galaxy S7 edge flagmani to‘rtinchi o‘rinda.
Shuningdek tadqiqotchilar uzilishlar tabiatiga ko‘ra va eng muammoli ilovalar reytingini tuzib chiqishdi.
Mavzuga oid

09:54 / 23.04.2025
Barcha davrlarning eng ko‘p maosh olgan sportchilari ro‘yxati tuzildi

12:04 / 22.04.2025
Tramp faoliyatini ma’qullash reytingi tobora pasayib borayotgani ma’lum bo‘ldi

11:09 / 18.04.2025
Harvard Growth Lab: Besh yil ichida O‘zbekiston iqtisodiy murakkablik reytingida 25 pog‘onaga ko‘tarildi

21:20 / 16.04.2025