Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQSh va Rossiya manfaatlari xususida fikr yuritdi

Foto: © AP
AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp fikricha, amerika-rossiya munosabatlarining yaxshilanishi Vashington hamda Moskva manfaatlariga ham javob beradi. Respublikachilar vakili The New York Times nashri jurnalistlari bilan o‘tkazgan muloqotida shu haqda so‘z yuritgan.
"Men Rossiya bilan kelishib olsam, xursand bo‘lardim, o‘ylaymanki, ular ham bizlar bilan kelishib olishdan xursand bo‘lishadi. Bu bizlarning umumiy manfaatlarimizdir", - degan Tramp. U saylovoldi kampaniyasi chog‘ida ham shu haqda ko‘p bora so‘z yuritganini xotirlagan.
Tramp shuningdek, AQSh va Rossiya "IShIDga qarshi birgalikda kurashsa" maqsadga muvofiq ekanini takrorlagan. Uning qayd etishicha, jangarilarga qarshi kurash, "nafaqat xavfli, balki juda qimmatga tushadi". "Bizning Rossiyadan tashqari boshqa mamlakatlar bilan ham munosabatlarimizni yaxshilashimiz ajoyib-ku", - degan Tramp.
Shu bilan bir vaqtda, respublikachi prezidentning The New York Times nashriga bergan intervyusida ta'kidlashicha, u Vashington va Moskva o‘rtasidagi aloqalarni yaxshilashda "kuchaytirish" iborasini qo‘llashni yoqtirmaydi.
"Men bu iborani ishlatmagan bo‘lardim", - degan Tramp. U saylovoldi kampaniyasi chog‘ida, demokratlar nomzodi Hillari Klintonning davlat kotibi bo‘lgan vaqtlarda rossiya-amerika munosabatlarini "kuchaytirish"ga uringani barbod bo‘lgan. Trampning aytishicha, Barak Obama ma'muriyati va Hillari Klintonning tashqi siyosatdagi xatolari tufayli AQSh va RF o‘rtasidagi munosabatlar faqat yomonlashgan.
Mavzuga oid

21:35
Hindiston Trampning tahdidlariga qaramay, Rossiyadan neft sotib olishda davom etadi – OAV

20:28
HAMAS Falastin davlati tashkil etilmaguncha qurolni tashlashdan bosh tortdi

16:30
Tramp ma’muriyati Ozarboyjon va Markaziy Osiyoni «Ibrohim kelishuvlari»ga qo‘shmoqchi. O‘zbekiston TIV izoh berdi

13:22