Putinning Fidel Kastro dafn marosimida qatnashmasligi sababi oshkor etildi

Foto: © RIA Novosti
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov davlat rahbari Vladimir Putin nima sababdan Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastroning dafn etish marosimiga bormasligini tushuntirib berdi, deb xabar qiladi RIA «Novosti».
“Vladimir Putinda o‘ta zich kun tartibi bor. Federal yig‘ilishga yo‘llanajak murojaatnomaga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bu prezidentning ishchi grafigida yil davomidagi eng muhim tadbirlaridan biri. Shuning uchun Rossiya oliy emas, balki yuqori darajadagi vakil bilan qatnashadi”, - dedi Peskov.
Matbuot kotibining aytishicha, rossiyaliklar delegatsiyasiga dafn marosimida Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin rahbarlik qiladi.
Mavzuga oid

08:01 / 05.05.2025
Putin Rossiyaga Ukrainada yadro qurolidan foydalanishga «zarurat bo‘lmasligi»ga umid bildirdi

20:13 / 04.05.2025
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi

15:07 / 03.05.2025
Shavkat Mirziyov va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi

12:59 / 03.05.2025