Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buenos-Ayres metrosining barcha yo‘nalishlarida harakat to‘xtab qoldi

Foto: metroeasy.com
Argentina poytaxtidagi metropoliten xodimlari kasaba uyushmalari ishchilardan birining vafot etgani sabab ish tashlash e'lon qilishdi. Norozilik tufayli metroning barcha yo‘nalishlarida harakat to‘xtab qolgan.
21 yoshli Matias Kryuger taxminan 02:30 da (Toshkent vaqti bilan 10:30) depoda konditsionerni ta'mirlash jarayonida tok urishi tufayli halok bo‘ldi. Ma'lumotlarga ko‘ra, ayni damda ro‘y bergan voqea sabablari oydinlashtirilmoqda.
Ish tashlash tashkilotchilari poyezdlar harakati qachondan tiklanishi borasida ma'lumot berishmagan. "O‘ylashimcha, ekspertiza yakuniga yetgach, biz ish tashlashni ham tugatamiz", - deya aytib o‘tgan poyezd mashinistlari va avtobus haydovchilari manfaatlarini himoya qiluvchi kasaba uyushma bosh kotibi Roberto Fernandes.
Mavzuga oid

02:44 / 19.06.2025
Argentinada rossiyalik josuslar tarmog‘i fosh qilindi

18:36 / 11.06.2025
Argentina sobiq prezidenti Kristina Kirshner 6 yillik qamoqqa hukm qilindi

18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi

14:57 / 19.05.2025