Obamaning iqrori: “AQSh “Tolibon”ni yo‘q qila olmaydi”

Foto: RIA
AQSh “Tolibon” harakatini yo‘q qilish holatida emas, Afg‘onistondagi xavfsizlik kuchlariga bu mamlakatda tinchlik o‘rnatishga yordam bera olmaydi. Bu haqda 6 dekabr kuni AQSh prezidenti Barak Obama aytib o‘tdi.
"Afg‘onistondagi vaziyat og‘irligicha qolmoqda, u yerdagi urush 30 yildan beri davom etmoqda. AQSh urushni tugatish uchun “Tolibon”ni yo‘q qila olmaydi. Ammo biz “Al-Qoida” u yerda jangarilarga boshpana berishiga to‘sqinlik qilishimiz va bu borada afg‘on xavfsizlik kuchlariga yordam berishimiz mumkin", — dedi Obama Floridada terrorizmga qarshi kurash haqida nutq so‘zlar ekan. Prezidentning chiqishini Oq uy sayti translitsiya qilib turibdi.
Obamaning tasdiqlashicha, ayni damda Afg‘onistonda “10 mingga yaqin amerikalik harbiy xizmatchi” bor. Prezidentning ma'lum qilishicha, ular afg‘on xavfsizlik kuchlariga tayanch bo‘lmoqda.
Mavzuga oid

01:09
NYT: Trampning oilasi aprel oyida kamida 2 mlrd dollarga boyidi

22:25 / 14.05.2025
Tramp Qatar bilan 1,2 trln dollarlik iqtisodiy hamkorlik bitimini tuzdi

22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?

20:40 / 14.05.2025