Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WP: YouTube KXDR davlat telekanali sahifasini to‘sib qo‘ydi

Amerikaning Google kompaniyasiga tegishli bo‘lgan YouTube videoxostinglar xizmati KXDR davlat telekanali sahifasini bloklab qo‘ydi, deb yozmoqda The Washington Post gazetasi. AQSh tomonidan tuzumga qarshi joriy qilingan sanksiyalar talablarini buzib qo‘ymaslik sababli shunday ehtiyot chorasi ko‘rilgan.
Videosahifani to‘sib qo‘yishga, unda efirga uzatiladigan mahsulotlar emas, balki KXDR hukumatining o‘z sahifasi orqali reklamadan daromad ko‘rishi ehtimoli asos bo‘lgan. Nashrning taxmin qilishicha, YouTube sahifasi sanksiya tartibini buzmaslik uchun o‘tgan oyda bloklangan.
"Biz videokanallar va roliklar yuzasidan izoh bermaymiz, - deya Google kompaniyasining Osiyo mintaqasidagi vakili so‘zlarini keltiradi gazeta. – Biroq, biz foydalanish kelishuvi qoidalarini, xizmat prinsiplarini buzgan yoki qonun shuni talab qilsa, akkauntlarni o‘chiramiz".
"Ushbu sahifa YouTube jamiyati qoidalarini buzganligi uchun o‘chirilgan", - deyiladi Shimoliy Koreya markaziy telekanalining sahifasida joylashtirilgan xabarda.
Mavzuga oid

07:48
Multimilliarder Timchenko Yevroittifoq sanksiyalarini oldirib tashlolmadi

13:25 / 01.08.2025
AQSh Falastin ma’muriyatiga qarshi sanksiyalar kiritdi

16:10 / 31.07.2025
Tramp Rossiyadan qurol va neft xarid qiluvchi Hindistonga «jarima soldi»

13:10 / 31.07.2025