Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga rais tayinlandi

Sharopov Anvar Qurbonovich O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalida ma'lum qilingan.
"2016 yil 14 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4872-son farmoniga muvofiq Sharopov Anvar Qurbonovich O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga tasdiqlandi", deyilgan xabarda.
Shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi o‘rinbosari — Tashkiliy-kadrlar xizmati rahbari lavozimidan ozod etilgan.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 6 dekabrida O‘zbekistonda «O‘zbekturizm» kompaniyasi tugatilib, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashkil etilishi ma'lum qilingandi.
Turizm O‘zbekistonda iqtisodiyotning strategik sektoriga aylanadi
Mavzuga oid

21:18
Isroil sayyohlarga mamlakatdan xavfsiz chiqib ketish imkonini yaratdi

12:32 / 16.06.2025
Yevropa janubida ommaviy turizmga qarshi mitinglar o‘tkazildi

13:35 / 11.06.2025
O‘zbekistonda iyun oxiridan ichki aviaqatnovlar soni ko‘payadi

08:20 / 09.06.2025