Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda Su-27 samolyoti qulab tushdi

Foto: © RIA Novosti
Qozog‘iston Qurolli kuchlariga tegishli Su-27 samolyoti harbiy o‘quv-mashg‘uloti chog‘ida falokatga uchradi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Vazirlik ma'lumotiga ko‘ra, hodisa tungi uchish vaqtida ro‘y bergan. Uchuvchi mayor Iskakov samolyotni aholi turar joylari ustiga qulashdan saqlash uchun bor imkoniyatini ishga solgan va keyin muvaffaqiyatli katapulta qilingan.
Ayni vaqtda uchuvchining ahvoli barqarorligi aytilgan. Hodisa sabablarini o‘rganish bo‘yicha komissiya tuzilgan.
Vazirlik ma'lumotiga ko‘ra, Iskakov tungi uchishlarda 556 soatlik amaliyotga ega bo‘lgan tajribali uchuvchi hisoblanadi.
Mavzuga oid

14:58 / 03.01.2025
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaning Su-27 samolyoti urib tushirilganini xabar qildi

22:22 / 16.03.2023
Rossiya Amerika dronini dengiz tubidan olib chiqishga urinmoqda. AQSh endi unda hech qanday qimmatli narsa yo‘qligini aytdi

22:50 / 15.03.2023
Qora dengizda Amerika droni qulashi. So‘nggi ma’lumotlar

23:09 / 14.03.2023