Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Manba: Berlin terakti ijrochiligida gumon qilingan shaxs Milanda o‘ldirildi

Milan politsiyasi Berlin teraktini ijro etishda gumon qilingan shaxsni yo‘q qildi. Bu haqda huquq-tartibot organlaridagi manbalarga tayangan holda Reuters xabar tarqatgan.
Otishma vaqtida jinoyatchi politsiyachilardan birini yaralagan.
Bundan oldinroq Germaniya prokuraturasi Berlindagi terakt ijrochisi sifatida qaralayotgan, kelib chiqishiga ko‘ra tunislik bo‘lgan Anisa Amri haqidagi ma'lumot uchun 100 ming yevro miqdoridagi mukofot e'lon qilgani haqida xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 19 dekabr kuni Berlinda yuk mashinasi Rojdestvo yarmarkasida yig‘ilgan kishilar ustiga bostirib borishi orqali terakt sodir etildi va 12 kishi halok bo‘lib, 50dan ortiq kishi jarohatlandi.
Mavzuga oid

22:40 / 28.07.2025
Rossiya Tergov qo‘mitasi «Krokus» terakti tashkilotchilarini aniqladi

18:47 / 21.07.2025
«Krokus Siti Holl» terakti bo‘yicha sud jarayoni boshlandi

14:32 / 17.07.2025
Berlinda jamoat transportida pichoq bilan yurish taqiqlandi

01:21 / 23.06.2025