Amerikaliklar kimni ko‘proq hurmat qilishlari ma'lum bo‘ldi

Gallup kompaniyasi so‘rovnomasi ma'lumotlariga ko‘ra, AQShning ketayotgan prezidenti Barak Obama va prezidentlik saylovlarida mag‘lub bo‘lgan Xillari Klinton 2016 yil yakunlariga ko‘ra AQShdagi eng hurmat qilinuvchi odamlar bo‘lib qolishmoqda.
So‘rovnoma 7-11 dekabr kunlari o‘tkazilgan.
Bir oydan keyin o‘z lavozimini tark etadigan Obama so‘ralganlarning 22 foiz ovozini to‘plagan. Yangi prezident Donald Tramp foydasiga 15 foiz so‘ralganlar ovoz berishgan. Obama ketma-ket 9-marta ro‘yxatning "erkaklar qismi"ning eng yuqori pog‘onasini egallamoqda.
Eng hurmat qilinuvchi "jyentlmen"lar reytingining yuqori o‘ntaligidan Rim papasi Frantsisk, amerikalik siyosatchi Berni Sanders, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu, Dalay-lama va boshqalar o‘rin oldi.
Klinton ro‘yxatning "ayollar qismi"ga umumiy hisobda 21 marotaba va ketma-ket 15 marotaba boshchilik qilmoqda. Uni so‘ralganlarning 12 foizi eslab o‘tganlar. 2-o‘rinni Obamaning rafiqasi Mishel Obama, 3-o‘rinni Germaniya kansleri Angela Merkel egallagan.
Mavzuga oid

09:46
“Donald Tramp O‘zbekistonga taklif qilindi. Prezident mintaqaga kelishi uchun hozir eng to‘g‘ri vaqt” – AQSh elchisi

08:26
AQShda migrantning sud zalidan qochishiga yordam bergan sudya ushlandi

07:53
Tramp tariflarga moratoriy uzaytirilishi ehtimoli kamligini aytdi

17:55 / 25.04.2025