Anqara Trampdan suriyalik kurdlarni qo‘llab-quvvatlash to‘xtatilishini kutmoqda

Foto: RIA
Anqara AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp ma'muriyatidan suriyalik kurdlarning o‘zini-o‘zi mudofaa qilish kuchlarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishni kutmoqda. Ular Anqara tomonidan Turkiyada taqiqlangan Kurdiston Ishchi partiyasi bilan aloqador terrorchilik tashkiloti deb hisoblanadi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho‘g‘li ma'lum qildi.
"Men prezident Trampning yangi ma'muriyati eski rahbariyatning Turkiyaga nisbatan xatolarini takrorlashiga ishonmayman. Biz AQShdan Fathulloh Gulenning Turkiyaga berilishi, YPG terrorchilik tashkiloti bilan hamkorlik esa to‘xtatilishini kutmoqdamiz", - dedi Chavusho‘g‘li Anqarada xorijlik elchilar oldida chiqish qilib.
Avvalroq Anqara AQSh prezidenti Barak Obama ma'muriyatini YPG’ga qurol-yarog‘ yetkazib berilishi tufayli bir necha bor tanqid qilgandi. Amerikaliklar suriyalik kurdlarni IShID bilan kurashda o‘z ittifoqdoshi deb hisoblaydi.
Mavzuga oid

16:11
«Tinchlikparvar prezident sifatida kelgan Tramp yangi urush boshladi» - Medvedev

12:57
AQSh yaqin 48 ichida Eronning ehtimoliy javob zarbasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda - NBC News

11:58
Bu sodir bo‘ldi: AQSh tarixda ilk marta Eronga zarba berdi

10:29