Xitoy poyezdlarida bir kunda 8,6 million yo‘lovchi tashildi

Xitoyda bir kunda temir yo‘l orqali tashiladigan yo‘lovchilar hajmi 24,6 foizga ko‘tarildi. Bu haqida Ecns.cn nashri xabar berdi.
Yo‘lovchilar oqimining keskin ko‘tarilishi Qamariy taqvim bo‘yicha Xitoy Yangi yilining (Bahor bayrami) kirib kelishi bilan bog‘liq. 2017 yilda bu bayram 28 yanvarga to‘g‘ri kelmoqda.
Bahor bayrami kirib kelishidan bir hafta oldin har yili yuz millionlab xitoyliklar Yangi yilni oila davrasida qarshi olish uchun o‘z qadrdon shaharlariga qaytishni odat qilishgan.
Manbaga ko‘ra, 13 yanvar kuni temir yo‘l bo‘ylab jami 8,6 million yo‘lovchi harakatlangan, bu 2016 yilga qaraganda 1,71 million kishiga ko‘pdir.
XXR Transport vazirligining taxminlariga ko‘ra, Bahor bayrami kelgunga qadar butun mamlakat bo‘ylab jami 2,98 milliard sayohat amalga oshiriladi. Ulardan 356 millioni temir yo‘l transportiga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid

08:20
Baxtiyor Saidov Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi

17:55 / 25.04.2025
Xitoy AQShning ayrim tovarlariga nisbatan yuqori bojlarni bekor qilmoqda - OAV

13:32 / 25.04.2025
Apple AQSh bozori uchun iPhone ishlab chiqarishni Hindistonga ko‘chirmoqchi

21:11 / 24.04.2025