Prezident Toshkent shahrida videokuzatuv tizimini ishga tushirish haqida ko‘rsatma berdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 9 fevral kuni ichki ishlar organlari faoliyati, tizimda mavjud muammo va kamchiliklar, istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergandik.
Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentda 2014-yil qurila boshlangan shahar chorrahalarini kuzatishga mo‘ljallangan videokuzatuv tizimini qisqa muddatda ishga tushirish haqida ko‘rsatma berdi.
Ma'lumot uchun, hozirda poytaxtda 120ta chorraha kuzatuv kameralari bilan jihozlangan bo‘lib, ularning barchasi ishga tayyor va qoidabuzarliklarni test rejimida qayd etib bormoqda.
Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Prezidenti tegishli rahbarlarga transport va piyodalar harakatini boshqarib turadigan kuzatuv kameralarini ishga tushirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berdi.
Kun.uz ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida tegishli tashkilotlar bilan bog‘lanishga harakat qildi, biroq bu ish samara bermadi.
Mavzuga oid

11:31
Ijtimoiy tarmoqlardagi eng ko‘p murojaatlar huquq-tartibot idoralari va sud, hokimliklarga to‘g‘ri keladi - Prezident

11:25
“Xalq nazorati” elektron portali butun respublikada ishga tushiriladi

11:14
Yo‘l, suv, elektr bo‘yicha 3-5 yillab cho‘zilayotgan loyihalar borligi ma’lum qilindi

11:05