Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Damashqda sodir etilgan portlashlar oqibatida 30dan ortiq inson halok bo‘ldi
Suriya poytaxtida dahshatli terrorchilik sodir etildi. Damashqning Bob Musalla tumanida amalga oshirilgan ikkita portlash oqibatida 30 nafardan ortiq inson hayotdan ko‘z yumgan, 100dan ziyod kishi jarohatlangan. Bu haqda "Al-Vatan" gazetasi Suriya poytaxtidagi shifoxonalardan biridagi manbasiga asoslangan holda yozmoqda.
Avvalroq, Bob as Sag‘ir qabristoni yaqinida ikkita qo‘lbola portlovchi qurilma ishga tushirilgani ma'lum bo‘lgandi.
Nashrning yozishicha, kamida 33 kishi terakt qurboni bo‘lgan. Damashq politsiyasi bosh boshqarmasidan RIA Novostiga ma'lum qilishicha, jabrlanganlarning aksariyati shifoxonalarga keltirilgan.
Bob as Sag‘ir qabristoni shia musulmonlari uchun muhim ahamiyatga molik hisoblanadi. Bu yerda Karbalo fojiasi ishtirokchilari dafn etilgan.
Mavzuga oid

13:12 / 28.07.2025
Suriyada Asad hokimiyatdan ag‘darilganidan keyin birinchi saylovlar o‘tkaziladi

18:52 / 23.07.2025
Suriya Turkiyadan mudofaa salohiyatini mustahkamlashda yordam so‘radi

09:09 / 23.07.2025
Suriya rasmiylari Suvaydadan badaviy oilalarni evakuatsiya qilishni boshladi

14:30 / 19.07.2025