Toshkentdan Buxoroga yangi Afrosiyob poyezdi yo‘l oldi

Foto: railway.uz
Bugun, 20 mart kuni O‘zbekistonga yaqinda olib kelingan Afrosiyob elektr tezyurar poyezdi Toshkent-Buxoro-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha o‘zining ilk reysini amalga oshirish uchun Buxoroga ketdi. Bu haqida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AK matbuot xizmati xabar qilmoqda.
2011 yildan shu paytga qadar ikkita zamonaviy Afrosiyob elektr poyezdi qatnovni amalga oshirib keladi. Ular, jami 1 mln kilometrdan ortiq masofani ortda qoldirishdi, 5,5 mingga yaqin reysni amalga oshirib, 1 million 50 ming yo‘lovchini manziliga yetkazdi.
Ta'kidlanishicha, yangi tarkib avvalgilaridan birmuncha farqlanadi. Xususan, “tejamkor toifasi”dagi vagonlar soni ko‘paytirilgan. Afrosiyob-1 va Afrosiyob-2 poyezdlari 215 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan bo‘lsa, Afrosiyob-3 bir reysning o‘zida 287 kishini manziliga yetkaza oladi.

Yaqin orada ushbu modifikatsiyadagi yana bir poyezd kelishi kutilmoqda. Shu bilan Afrosiyob poyezdlari parki to‘rttani tashkil etadi. Mazkur poyezdlarga servis xizmatini “O‘ztemiryo‘lmashta'mir” unitar korxonasida barpo etilayotgan yangi sex ko‘rsatadi.
20 mart kuni ertalab, shu munosabat bilan, Toshkent markaziy vokzalida tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Tantanada Afrosiyob xodimlari – mashinistlar, styuard va styuardessalar taqdirlandi.

Mavzuga oid

22:36 / 14.05.2025
Toshkent shahri va uning atrofidagi yashil hududlar 3 karra ko‘paytiriladi

16:42 / 14.05.2025
Toshkentdagi omborxonada yuz bergan katta yong‘in o‘chirildi

21:59 / 13.05.2025
Toshkentda o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 48 mln so‘m so‘ragan shaxs ushlandi

19:08 / 13.05.2025