Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda "Tolibon"ning ikki muhim yetakchisi yo‘q qilindi
Afg‘onistonning sharqidagi G‘azni viloyatida "Tolibon" radikal harakatining ikki muhim yetakchisi yo‘q qilindi. Bu haqda viloyat politsiyasi boshlig‘i Aminulloh Omarkxil ma'lum qildi, deb xabar bermoqda "Sinxua" axborot agentligi.
"Tolibon"ning ikki nafar yetakchisi Mavlaviy Rashid va Mavlaviy Nafiz Gero tumaniga 7 aprel kechasi uyushtirilgan havo reydlarida yo‘q qilingan 6 jangari orasida bo‘lgan", deb aytdi Omarkxil.
"Tolibon" vakillari bu ma'lumotga hozircha izoh berishmagan.
Mutaxassislarning fikricha, oxirgi vaqtda ekstremistlar Afg‘onistonning sharqiy va janubiy viloyatlari Logar, Nangarxor, Gilmendda va shimolidagi Qunduz, Jauzjon va Parvonada ancha mustahkamlashib olganlar. Shu bilan birga "Tolibon"ning borgan sari ko‘proq dala qo‘mondonlari va jangarilari IShIDga sodiqlikka qasamyod keltirmoqdalar.
Mavzuga oid

08:43 / 05.08.2025
O‘zbekiston va Turkiya Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikni muhokama qildi

19:08 / 03.08.2025
Qozog‘iston Afg‘onistonga yordam ko‘rsatishda davom etadi – To‘qayev

13:27 / 23.07.2025
O‘zbekiston DXX raisi Afg‘oniston Razvedka xizmati raisi va ichki ishlar vaziri bilan uchrashdi

19:02 / 22.07.2025