Hamid Karzay: “AQSh Afg‘onistonni tajriba o‘tkazish joyiga aylantirmoqda”

Afg‘oniston sobiq prezidenti Hamid Karzay AQShning IShIDga qarshi o‘ta kuchli bombadan foydalanishini tanqid qildi hamda uni suverenitetning buzilishi va mamlakatni qurol-yarog‘larning tajriba poligoniga aylantirish harakati, deb atadi.
Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistonda chorshanba kuni IShID jangarilariga qarshi juda kuchli bombadan foydalanishdi. Og‘irligi 9,5 tonna bo‘lgan bu bomba MC-130 samolyotidan tashlandi. Xabarlarga ko‘ra, AQShda yana 15 ta shunday bomba bor. Vashington zarba IShID tunnellariga qarata berilgani va ma'muriyatning terrorchilik guruhini yo‘q qilish borasidagi va'daga amal qilayotganidan darak berishini ma'lum qildi.
"Bu hujum Afg‘oniston suvereniteti, uning hududi va tabiatini buzish hisoblanadi... Bu terrorizm bilan kurash emas, balki bizning mamlakatimiz hududini yangi turdagi ommaviy qirg‘in qurollarini sinab ko‘ruvchi tajriba poligoniga aylantirishdir", - deya yozdi Karzay Facebook’dagi sahifasida.
Karzay mamlakat aholisini AQShning bunday xatti-harakatlariga norozilik bildirishga chaqirdi.
Avvalroq Afg‘oniston hukumati eng katta noyadroviy bomba IShIDning 30 dan ortiq jangarisini yo‘q qilgani haqida ma'lum qilganini xabar bergandik.
Mavzuga oid

21:55 / 13.06.2025
Isroilning Eronga hujumidan keyin AQSh harbiy kemalarini Yaqin Sharqqa yubordi

21:42 / 13.06.2025
Isroil hujumdan oldin Eron qo‘mondonligi a’zolarini aldab bir joyga yig‘di – OAV

16:47 / 13.06.2025
Hali kech emas – Tramp Eronni yadroviy bitim tuzishga chaqirdi

13:59 / 13.06.2025