Navoz Sharif «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusining asosiy loyihasi haqida

Xitoy-Pokiston iqtisodiy yo‘lagi «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusining asosiy loyihasidan biri sanaladi, dedi Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif.
«Xitoy-Pokiston iqtisodiy yo‘lagi «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusining asosiy loyihasidir, uni bayroqdor loyiha deb ham atashmoqda, chunki uning maqsadi Sharqiy va G‘arbiy Osiyoni bog‘lashdan iborat», — degan Sharif.
Pokiston bosh vazirining qo‘shimcha qilishicha, Xitoy-Pokiston iqtisodiy yo‘lagi loyihasi mintaqaning barcha davlatlari uchun ochiq, u geografik chegaralarga ega emas. Sharifning so‘zlariga ko‘ra, loyihaning maqsadi — mintaqada tinch qo‘shnichilik va iqtisodiy ravnaq topishga yo‘naltirilgan.
«Mavjud mojarolarni muzokaralar va diplomatiya yo‘li bilan hal qilish, kelgusi avlodlarga tinchlik va barqarorlikni meros qilib qolidirish fursati yetib keldi», — dedi Pokiston bosh vaziri.
Xitoy bu infrastrukturaviy loyiha uchun 46 milliard dollar sarflashni maqsad qilgan. Avtomobil va temir yo‘llarning keng tarmog‘i vositasida Pokistonning janubiy-sharqidagi Gvadar port shahrini Xitoyning Shinjong-Uyg‘ur muxtor tumani bilan birlashtirish nazarda tutilgan.
Mavzuga oid

21:50 / 17.06.2025
Hindiston Pokistonga oqadigan daryolarning «ortiqcha suvini» o‘z hududiga yo‘naltirmoqchi

18:53 / 17.06.2025
Qozog‘iston prezidenti Xitoyga 1,5 ming bosh sayg‘oq sovg‘a qildi

13:59 / 17.06.2025
O‘zbekiston va Xitoy yetakchilari ko‘p qirrali munosabatlarni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildi

08:41 / 16.06.2025