Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oksana Chusovitina gimnastika Shon-shuhrat muzeyiga qabul qilindi

1992 yilgi Olimpiada chempioni, sportchilik faoliyati davomida yettita Olimpiadada ishtirok etib, dunyo rekordini o‘rnatgan o‘zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina AQShning Oklahoma-Sitisida joylashgan Butunjahon gimnastika Shon-shuhrat muzeyiga (Intenational gymnastics) qabul qilindi. Bu haqda muzey saytida ma'lum qilingan.
U bilan birga yaponiyalik Syun Fudzimoto, amerikalik Alisiya Sakramone va rossiyalik Aleksey Nemov nomlari ham muzeydan joy olgan.
41 yoshli Chusovitina faoliyatini yakunlamasdan ushbu muzeydan nomi joy olgan ilk gimnastikachiga aylandi.
Ushbu Shon-shuhrat muzeyiga sport gimnastikasida ulkan muvaffaqiyatlarga erishgan mashhur sportchilar, murabbiylar qabul qilinadi.
Ma'lumot uchun, Rio Olimpiadasidan keyin ham faoliyatini tugatmagan Chusovitina Boku—2017 turnirida O‘zbekiston delegatsiyasiga oltin medal olib berdi.
Mavzuga oid

17:57 / 08.03.2025
Sport gimnastikasi. Oksana Chusovitina – jahon kubogi g‘olibiga aylandi

20:50 / 10.06.2024
Chusovitina 53 yoshida 2028 yilgi Olimpiadada qatnashish istagini bildirdi

17:46 / 23.05.2024
Oksana Chusovitina jarohati sabab Parij olimpiadasida qatnasha olmaydi

22:15 / 09.03.2024