London aeroportida terakt tayyorlashda gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi

Foto: Reuters
Buyuk Britaniya politsiyasi London shahridagi Stansted aeroportida 37 yoshli shaxsni terakt sodir etishga urinishda gumon qilib qo‘lga oldi. Bu haqda Skotlend-Yard ma'lum qildi. Politsiya bu qo‘lga oluv Manchesterdagi terakt bilan bog‘liq emasligini qayd etgan.
Bayonotda aytilishicha, u Turkiyaga uchuvchi samolyotga chiqayotgan chog‘da qo‘lga olingan. U Suriyaga yo‘l olmoqchi bo‘lgani gumon qilinmoqda. Qo‘lga olingan shaxs ayni vaqtda London janubida tergovda, shaharda ikki manzil bo‘yicha tekshiruv ketmoqda.
Bundan oldinroq Buyuk Britaniyada terroristik xavfning yuqori darajasi e'lon qilingandi. Bu choralar 22 may oqshomida Manchester Arena sport majmuasida amerikalik xonanda Ariana Grandening konserti vaqtida portlash ro‘y berishi ortidan ko‘rildi. Manchesterdagi portlash oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi, 120 kishi jarohatlandi. Terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi.
Mavzuga oid

21:50 / 23.04.2025
Londonda Ukrainaning Yevropa davlatlari bilan muzokaralari bo‘lib o‘tdi

22:46 / 22.04.2025
AQSh London muzokaralarida Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishni taklif qiladi - WP

09:50 / 15.04.2025
London Ukrainaga ko‘p millionlik yordam taqdim etdi

13:26 / 13.03.2025