Hindistonlik Dubayda musulmonlarni haqorat qilgani uchun qamoq jazosiga mahkum qilindi

Foto: RIA
Hindiston fuqarosi Facebook’da musulmonlarni haqoratlagani uchun 136 ming dollarlik jarimaga va bir yillik qamoq jazosiga tortildi. Bu haqda The National nashri xabar bermoqda.
30 yoshli hindning o‘zi aybini tan olmayapti va uning akkauntiga buzib kirilganini vaj qilmoqda.
Uning haqoratlar bildirilgan yozuvlari o‘tgan yil noyabrda paydo bo‘lgan. Tergovning ko‘rsatishicha, ayblanuvchi bu xabarlarni chop etgan kunining ertasigayoq o‘chirib tashlagan.
BAAning internetdagi jinoyatlar haqidagi qonunlariga ko‘ra, erkak jazoni o‘tab bo‘lgach, vataniga qaytarilib yuboriladi.
Mavzuga oid

00:19 / 28.04.2025
Dubay turistlar uchun yangi talablarni e’lon qildi

14:36 / 25.04.2025
O‘zbekistonliklar BAAda jinoyat sodir etishi ko‘paygani sababli vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin

11:03 / 26.03.2025
Dubayda qiyin ahvolda qolgan ayollar O‘zbekistonga qaytarildi

11:18 / 25.02.2025