OAV: AQSh Afg‘onistonga 4 ming harbiy yuborishi mumkin

Foto: Google Images
AQSh mudofaa vazirligi Afg‘onistonga qo‘shimcha 4 ming harbiy yuborishni rejalashtirmoqda va bu haqda keyingi haftada e'lon qiladi. Bu haqda AQSh ma'muriyatidagi manbaga iqtibos keltirgan holda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.
Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, bu qadam Afg‘onistonda jangarilarga qarshi "qotib qolgan" kurashni joyidan siljitishga yo‘naltirilgan.
Yuboriladigan ko‘shinlarning asosiy qismi afg‘on harbiylarini tayyorlash bilan shug‘ullanadi, biroq ba'zi harbiylar "Tolibon"ga qarshi aksilterrorchilik operatsiyasiga jalb qilinadi.
Pentagonda bu ma'lumot hozircha tasdiqlanmadi. Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Kristofer Shervud "hali hech qanday qaror qabul qilinmaganini" aytgan.
Mavzuga oid

12:04
AQSh 18 davlat bilan savdo muzokaralari rejasini tayyorladi

11:31
Tramp o‘tgan juma Rossiya-Ukraina muzokaralari uchun yaxshi kun bo‘lganini aytdi

09:46
“Donald Tramp O‘zbekistonga taklif qilindi. Prezident mintaqaga kelishi uchun hozir eng to‘g‘ri vaqt” – AQSh elchisi

08:26