Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda samolyot savdo tarmog‘iga qarashli binoga kelib urildi

AQShning Fort-Meyyers shahrida (Florida shtati) Chico's Daycare savdo tarmog‘i bosh qarorgohiga yengil motorli samolyot kelib urildi. Ma'lum qilinishicha, oqibatda samolyotdagi yo‘lovchi halok bo‘lgan.
Kuzatuv kameralari Piper PA-28-181 samolyoti bino devoriga urilganini qayd qilgan. Samolyot uchuvchisi kabinadan chiqishga ulgurib qolgan, u kabinani tark etishi bilan samolyot portlab ketgan. Bino ichidagi hech kimga jabr yetmagan. Samolyotning binoga urilishini bino atrofidagi daraxtlar va butalar yengillashtirgan.
Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar va politsiya yetib kelgan.
Ta'kidlanishicha, Chico's Daycare ayollar uchun dizaynerlik kiyimi va poyabzal sotish bilan shug‘ullanadi.
Mavzuga oid

10:43
Tramp: Maxsus elchi Uitkoff 6 yoki 7 avgust kuni Rossiyaga tashrif buyuradi

00:30
Hindiston AQSh bojlariga qarshi javob tayyorlayotgani haqidagi xabar yolg‘onligini bildirdi

00:05
AQSh Ukraina bilan “yelkama-yelka” turishga tayyorligini bildirdi

23:02 / 03.08.2025