Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Linkin Park solisti joniga qasd qildi

Linkin Park guruhi solisti Chester Bennington o‘z joniga qasd qildi. Guruh a'zosi Mayk Shinoda bu ma'lumotni tasdiqlagan.
20 iyul kuni ertalab 41 yoshli Benningtonni Kaliforniya shtatida, Palos-Verdes-Esteytsdagi uyidan jonsiz topishgan. U uyda yolg‘iz bo‘lgan, uning oilasi shahardan ketgandi.
Ayni vaqtda uning o‘limi o‘z joniga qasd qilish sifatida tekshirilmoqda.
TMZ portali ma'lumotiga ko‘ra, qo‘shiqchi jamoa bilan fotosessiyaga bir soat vaqt qolganida o‘z joniga qasd qilgan. Fotosessiyadan keyin turne boshlanishi kerak edi, guruhning navbatdagi konserti 27 iyulga belgilangandi.
Qayd etilishicha, Bennington o‘zining yaqin do‘sti, may oyida o‘z joniga qasd qilgan Soundgarden guruhi solisti Kris Kornellning tug‘ilgan kunida o‘zini o‘ldirdi.
Soundgarden guruhi Nirvana, Pearl Jam va Alice in Chains guruhlari bilan bir qatorda 90-yillar boshida Amerika rok-musiqasi rivojiga katta hissa qo‘shgan, «Sietl to‘rtligigi»dan biri bo‘lgandi. Kornellning o‘limidan so‘ng Chester Bennington o‘z tvitterida yaqin do‘sti bilan ta'sirli so‘zlarda xayrlashgandi.
Mavzuga oid

11:17 / 22.07.2025
IIBB Yunusobodda fuqaro 9-qavatdan qulagani haqidagi xabarlarga izoh berdi

07:55 / 23.04.2025
Qozog‘istonda Chimkent hokimi o‘rinbosarining hayotiga suiqasd qilindi

17:12 / 11.02.2025
Kennediga suiqasd ishi bo‘yicha 2400 ga yaqin yangi hujjat topildi

09:13 / 09.02.2025