Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Olmazor” metro bekati oldida bezorilik qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Chilonzor tumanida 30 iyul kuni soat 07:23larda Chilonzor tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan “Olmazor” metro bekati oldida bezorilik qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Kun.uz’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Chilonzor tumanida 30 iyul kuni soat 07:23 larda Bunyodkor shoh ko‘chasida joylashgan “Olmazor” metro bekati oldida 1986 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, ishlamaydigan, Do‘mbirobod ko‘chasida yashovchi S.D. bezorilik oqibatida, 1979 yilda tug‘ilgan, ishlamaydigan, Mirzo Ulug‘bek tumani, Ne'mat ko‘chasida yashovchi Q.O.ni urib, tan jaroxati yetkazganligi aniqlangan.
Chilonzor tuman IIB tomonidan fuqaro S.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid

15:01 / 25.07.2025
Farg‘onada ommaviy bezorilik uyushtirgan Otabek Vallomov 6,5 yilga qamaldi

16:34 / 03.07.2025
Rossiyada o‘yinchoq qurol bilan raqsga tushgan o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi

22:03 / 13.06.2025
Ko‘r-ko‘rona tergov va prokurorning yolg‘oni: Olmazorda ayol kamida 80 kundan beri asossiz hibsda o‘tiribdi

19:49 / 19.05.2025