Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yunusobodda qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan erkak qo‘lga olindi
Toshkent shahar Yunusobod tuman IIBda o‘tkazilayotgan “Tozalash” tadbirida profilaktika inspektorlari tomonidan qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan erkak qo‘lga olindi.
Bu haqda KUN.UZ’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Yunusobod tumanida 18 avgust kuni soat 21.00 da, 1958 yilda tug‘ilgan TashGRESS 16-uyda yashovchi G.V. 50.000 so‘m pul evaziga o‘z uyida, 1998 yilda tug‘ilgan Yunusobod tumani, Namangan ko‘chasida yashovchi Yu.B. va 1991 yilda tug‘ilgan Toshkent viloyati, Bekobod tumanida yashovchi M.S. larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlandi.
Daliliy ashyo sifatida 50.000 so‘m pul olindi.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB tomonidan fuqaro G.V.ga nisbatan O‘zR JKning 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid

12:30 / 19.07.2025
Yunusobodda 5 kgdan ortiq narkotiklar savdosining oldi olindi

18:43 / 07.07.2025
Toshkentda yuk mashinasi avtobus bekatiga borib urildi

22:06 / 13.05.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri avtomobillar harakati uchun 2 kunga yopiladi

09:41 / 05.05.2025