Roberto Karlos qamalishi mumkin

Futbol bo‘yicha Braziliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Roberto Karlos qamalishi mumkin, deb xabar qilmoqda RT.
Efe nashrining tarqatgan ma'lumotiga ko‘ra, Rio-de-Janeyro shahri adliya departamenti braziliyalikni uch oyga qamoqqa olishni talab qilgan.
Ta'kidlanishicha, bunday qarorga Karlosning ikki farzandi onasi Barbara Tulerga alimentlar bo‘yicha qarzdorligi sabab bo‘lgan.
44 yoshli braziliyalik uch oy davomida kerakli mablag‘larni o‘tkazmagan va taxminan 20 ming dollarlik qarzga ega.
Xabar qilinishicha, Roberto Karlos sudda hozirgi paytda qarzni to‘lay olmasligi, sababi moliyaviy muammolar girdobida ekanini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid

10:40 / 05.05.2025
Braziliya politsiyasi Ledi Gaga konsertidagi teraktning oldini oldi

19:37 / 01.05.2025
Dunyodagi eng keksa ayol vafot etdi

14:15 / 09.04.2025
Toshkent shahrida ota 1,7 mlrd so‘m aliment to‘ladi

22:57 / 26.03.2025