Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp migrantlarga “ov e'lon qilgan” sherifni afv etdi

Foto: Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp afv etish haqidagi o‘zining birinchi buyrug‘ini imzoladi. U Arizona shtatidagi Marikop okrugi sobiq sherifi Jo Arpayoga tegishli. Arpayo migrantlarga “ov uyushtirgani” bilan “mashhur bo‘lgan”. Bu haqda BBC News xabar bermoqda.
“Shuni mamnuniyat bilan xabar qilmoqchimanki, hozirgina 85 yoshli amerikalik vatanparvar – sherif Jo Arpayoni butunlay afv etdim. U Arizonada tinchlikni saqlab turgan”, - deya yozgan davlat rahbari Twitter’da.
Tramp avgust oyi o‘rtalarida Fox News telekanaliga bergan intervyusida, Arpayo noqonuniy muhojirlik bilan kurash uchun ko‘p narsa qilganini ma'lum qilgan. “U o‘z mamlakatini yaxshi ko‘rardi, hamda men u bilan ro‘y bergan holatga e'tiborsizlik bilan qaray olmayman”, - degandi o‘shanda prezident.
Arpayo iyul oyida sudga hurmatsizlik qilishda aybdor, deb topilgan. Unga nisbatan yakuniy hukm oktabr oyida chiqarilishi lozim edi.
BBC News’ning aniqlik kiritishicha, erkak lotin amerikaliklarni noqonuniy muhojirlikda gumonlab, qo‘lga olish bilan shug‘ullangani uchun “mashhur bo‘lgan”. 2013 yilda uning xatti-harakatlari noqonuniy, deb tan olingan, biroq u sudning qaroriga e'tibor bermay, “ov uyushtirishda” davom etgan.
Mavzuga oid

11:22 / 29.07.2025
Xorvatiyada og‘ir kasallikka chalingan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

13:26 / 22.07.2025
Rossiyada qiyin ahvolda qolgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

11:49 / 21.07.2025
Pokistonda og‘ir vaziyatga tushib qolgan ayol O‘zbekistonga qaytarildi

19:00 / 17.07.2025