O‘ta xavfli kana ilmiy konferensiya paytida qochib ketdi
Yaponiyada o‘ta xavfli kana ilmiy matbuot konferensiyasi vaqtida olimlardan qochib ketdi. Daily Mail shu haqida xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, bunyavirus tashuvchisi bo‘lgan hasharot Miyadzaki prefekturasida o‘tayotgan konferensiyada ilmiy hamjamiyat va jurnalistlarga namoyish etilgan. Olimlardan biri kanani pinset bilan olib boshqalarga ko‘rsatmoqchi bo‘lganida u ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan. Hasharotni auditoriyadan izlash ishlari muvaffaqiyatsiz yakunlangan.
"Ehtiyot choralariga e'tiborliroq bo‘lishimiz kerak edi, axir prefektura o‘z aholisini doim xavf ehtimolidan ogohlantirishi kerak", - dedi yo‘l qo‘yilgan ehtiyotsizlik uchun xalq oldida javob berishga mahkum prefektura rahbari Sundzi Kono.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Miyadzakida kana chaqishidan bir necha kishi jabrlangan, bir kishi halok bo‘lgan. Hasharot tashuvchi trombotsitopenik sindromli o‘tkir istima keksa yoshli kishilar uchun ayniqsa xavfli, zero u immunitetni keskin pasaytirib, ichki organlar faoliyatida jiddiy buzilishlarga olib keladi.

Mavzuga oid

11:21 / 16.05.2025
Tokioda O‘zbekistonning besh nafar fuqarosi qo‘lga olindi

23:35 / 07.05.2025
Olimlar ekstremal jaziramalarning asosiy aybdorlarini aniqladi

18:09 / 04.05.2025
Yaponiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni keskin qisqarib ketdi

15:06 / 01.05.2025