APL. Lyakazettning dubli «Arsenal»ga g‘alaba keltirdi

Foto: Getty Images
Angliya premer-ligasining 6-turiga Londondagi uchrashuv yakun yasab berdi. Unda «Arsenal» «Vest Bromvich»ni qabul qilib, ishonchli g‘alabaga erishdi.
Birinchi bo‘limda Aleksis Sanchesning jarimadan bergan zarbasi darvoza to‘siniga tegib qaytdi. Qaytgan to‘p yonida turgan Aleksandr Lyakazett uni bo‘sh darvozaga yo‘llab qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limning o‘rtasiga kelib hakam Aaron Remzi nisbatan qo‘pollik ishlatildi deb topdi va «nuqta»dan Lyakazett adashmadi. 2:0 — «Arsenal»ning ishonchli g‘alabasi.
«Vest Bromvich» hozirda 8 ochko to‘plab, Angliya premer-ligasi turnir jadvalida 12-o‘rinda bormoqda. «Arsenal» esa bu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 10taga yetkazib olgan holda 7-o‘ringa ko‘tarilgan.
Angliya premer-ligasi, 6-tur
Arsenal – Vest Bromvich 2:0 (1:0)
Gollar: Lyakazett (20, 67, penalti).
Arsenal: Chex, Koselni, Mustafi, Monreal, Belerin, En-Nenni, Chaka, Kolashinats, Remzi (Meytlend-Naylz, 90+4), Sanches (O‘zil, 83), Lyakazett (Jiru, 83).
Vest Bromvich: Foster, Douson, Hegazi, Evans, Nom (Fillips, 74), Livermor (Morrison, 63), Krixovyak, Berri, Gibbs, Rodriges, Robson-Kanu (Rondon, 64).
Ogohlantirishlar: Evans (35), Sanches (44), Douson (49), Krixovyak (56), Nom (67).

Mavzuga oid

14:01 / 12.05.2025
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari

02:17 / 08.05.2025
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi

12:27 / 04.05.2025
«Barsa» amalladi, «Bavariya»ning chempionligi kechiktirildi. Kun o‘yinlari

13:50 / 30.04.2025